WPA haqida
Butunjahon psixiatriya assotsiatsiyasi (WPA) – psixiatriya sohasidagi global kasbiy assotsiatsiya bo'lib, 250 000 dan ortiq psixiatrni, 147 ta professional jamiyatni va 123 mamlakat vakillarini birlashtiradi.
Butunjahon psixiatriya assotsiatsiyasi (WPA) tarkibida 70 ta ilmiy seksiya faoliyat yuritadi va psixiatriyaning ixtisoslashtirilgan yo'nalishlarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko'maklashadi. Assotsiatsiya psixiatriya amaliyoti uchun axloqiy tavsiyalarni, jumladan Madrid deklaratsiyasini, shuningdek psixiatriya amaliyotining dolzarb masalalari va psixiatrlarning roli bo'yicha hujjatlarni ishlab chiqqan. WPA o'z a’zolari bilan birgalikda har yili Jahon psixiatriya kongressini, shuningdek mintaqaviy va tematik kongresslarni tashkil etadi. Ushbu tadbirlar ruhiy salomatlik sohasidagi yetakchi jahon ekspertlarining uchrashuvi, tajriba almashinuvi va xalqaro kasbiy hamkorlikni rivojlantirish uchun maydon bo'lib xizmat qiladi.
WPA ta’lim va kasbiy rivojlanishga alohida e’tibor qaratadi. Assotsiatsiya turli ta’lim dasturlarini, jumladan masofaviy elektron ta’lim (e-Learning) dasturini amalga oshiradi, ixtisoslashtirilgan kitoblar turkumini va a’zolar uchun muntazam WPA News axborot byulletenini nashr etadi. WPAning rasmiy ilmiy jurnali – World Psychiatry – yaqinda psixiatriya yo'nalishidagi jurnallar reytingida 1-o'rinni va Social Science Citation Index ro'yxatidagi jurnallar reytingida 1-o'rinni egalladi.
Rasmiy sayt: https://www.wpanet.org/
Rasmiy sayt