24 – 27 iyun 2027
Hyatt Regency Toshkent

Butunjahon psixiatriya assotsiatsiyasining mintaqaviy kongressi

700+
ishtirokchilar
100+
spikerlar
30+
mamlakatlar
15+
sessiyalar
265
kun qoldi

Ruhiy va narkologik buzilishlarning oldini olish: global yondashuvlar va mintaqaviy yechimlar

Butunjahon psixiatriya assotsiatsiyasi (WPA) va O'zbekiston psixiatrlari assotsiatsiyasi (UPA) ruhiy salomatlik sohasi mutaxassislarini 2027-yilning 24–27-iyun kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan WPA Hududiy kongressida ishtirok etishga taklif etadi.

Kongress ruhiy va narkologik kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va aralashuv choralarini ko'rish, shuningdek, ilmiy asoslangan yondashuvlarni muayyan mamlakat hamda mintaqalar ehtiyojlariga moslashtirish masalalariga bag'ishlangan.

Ishtirokchilar ruhiy salomatlikni muhofaza qilish tizimini rivojlantirish yo'lida xalqaro tajriba, klinik amaliyot va mahalliy tashabbuslarni qanday birlashtirish mumkinligini muhokama qiladilar.

Asosiy yo'nalishlar qatoridan ruhiy kasalliklar va qaramliklarning oldini olish; bolalar va o'smirlar ruhiy salomatligi; suitsidal xulq-atvor profilaktikasi; psixotik va affektiv buzilishlar; biologik psixiatriya hamda ruhiy va narkologik kasalliklarni davolashning zamonaviy usullari; shuningdek, bemorlarga yordam ko'rsatish tizimini modernizatsiya qilish, oila va jamiyatning roli o'rin olgan.

Raqamli yechimlar va sun'iy intellekt, idoralararo hamkorlik, mutaxassislar tayyorlash, etika va inson huquqlari, shuningdek, ruhiy kasalliklar iqtisodiyoti va profilaktikasi masalalariga alohida e'tibor qaratilishi rejalashtirilgan.

Dastur doirasida yalpi majlislar, tematik simpoziumlar, ma'ruzalar, master-klasslar, poster sessiyalari hamda yetakchi xalqaro ekspertlar va jahon psixiatriyasining taniqli namoyandalari ishtirokidagi panel muzokaralari ko'zda tutilgan. Kongress tadqiqotlarni taqdim etish, klinik tajriba almashish va xalqaro professional hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay maydon bo'lib xizmat qiladi.

Ishtirok etish uchun psixiatrlar, narkologlar, tadqiqotchilar, o'qituvchilar, yosh mutaxassislar va ruhiy salomatlik sohasining boshqa ekspertlari taklif etiladi. Kongressning ishchi tillari — rus, ingliz va o'zbek tillaridir.

Ilmiy dasturning asosiy yo'nalishlari

  • Ruhiy va psixoaktiv moddalarni iste'mol qilish bilan bog'liq buzilishlar global profilaktikasining konseptual asoslari
  • Profilaktika sohasidagi xalqaro siyosat va normativ-huquqiy asoslar
  • Profilaktik aralashuvlarning zamonaviy modellari va darajalari
  • Ruhiy salomatlikning ijtimoiy determinantlari hamda jamoat salomatligining profilaktik salohiyati
  • Profilaktika dasturlarini rivojlantirishning innovatsion yo'nalishlari
  • Global profilaktika strategiyalarini takomillashtirish istiqbollari

  • Bolalar va o'smirlar ruhiy salomatligiga oid zamonaviy muammolar
  • Bolalik davridagi ruhiy va xulq-atvor buzilishlarini erta tashxislash va oldini olish
  • Voyaga yetmaganlar orasida suitsidal va o'ziga zarar yetkazuvchi xulq-atvorning oldini olish
  • Raqamli muhit, ijtimoiy tarmoqlar va kiberbullingning o'smirlar ruhiy salomatligiga ta'siri
  • Inqirozlar, migratsiya va favqulodda vaziyatlar sharoitida bolalar ruhiy salomatligi
  • Ruhiy buzilishlarning oldini olishda sog'liqni saqlash, ta'lim va ijtimoiy himoya tizimlarining idoralararo hamkorligi
  • Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasida bolalar va o'smirlarga psixologik hamda psixiatrik yordamni rivojlantirish
  • Bolalar va o'smirlarda ruhiy hamda psixoaktiv moddalarni iste'mol qilish bilan bog'liq buzilishlarning oldini olishda innovatsion texnologiyalar va xalqaro tajriba
  • Bolalik va o'smirlik davridagi ruhiy buzilishlar epidemiologiyasi hamda profilaktika strategiyalari
  • Bolalar psixiatriyasida dalillarga asoslangan erta aralashuv modellari
  • Bolalar va o'smirlar ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatlari uchun kadrlar tayyorlash va ularni rivojlantirish

  • Oila ruhiy va addiktiv buzilishlarning oldini olishga xizmat qiluvchi ijtimoiy institut sifatida
  • Oila rezilyentligining psixososial mexanizmlari va ruhiy salomatlikni mustahkamlash
  • Oilaga yo'naltirilgan profilaktik aralashuv modellari: xalqaro tajriba va dalillar bazasi
  • Ruhiy va addiktiv buzilishlar xavf omillarining avlodlararo uzatilishi
  • Ruhiy va addiktiv buzilishlar qaytalanishining oldini olishda oilaviy psixoterapiya va psixota'limning o'rni
  • Hamqaram xulq-atvorning oldini olish va bemorlarning yaqinlarini qo'llab-quvvatlash
  • Ruhiy va psixoaktiv moddalarni iste'mol qilish bilan bog'liq buzilishlar kompleks profilaktikasi tizimida oila
  • Ruhiy va addiktiv buzilishlarning oldini olish vositasi sifatida oilani qo'llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati

  • Xavotirli, depressiv va xulq-atvor buzilishlariga transdiagnostik yondashuvlar
  • Emotsional buzilishlarni erta tashxislashda biomarkerlar va raqamli fenotiplar
  • Dalillarga asoslangan psixofarmakoterapiya va zamonaviy psixoterapevtik texnologiyalar
  • Psixiatriyada erta aralashuvlar: xavf omillaridan kasallik profilaktikasigacha
  • Bolalar va o'smirlarda neyro-rivojlanish hamda emotsional-xulqiy buzilishlar
  • Xavotirli, affektiv va addiktiv buzilishlar komorbidligi: fanlararo yondashuv
  • Qaytalanishning oldini olish va ruhiy salomatlikni tiklash
  • Xavotirli va depressiv buzilishlarni tashxislash hamda davolashdagi innovatsiyalar: raqamli tibbiyot va sun'iy intellekt

  • Suitsidologiyaning zamonaviy konsepsiyalari: xavfni baholashdan shaxsiylashtirilgan profilaktikagacha
  • Suitsidal xulq-atvorning biologik, psixologik va ijtimoiy determinantlari
  • Suitsidal inqirozda dalillarga asoslangan erta aralashuv modellari
  • Suitsidal xavfi yuqori bemorlar uchun inqirozga aralashuv va yordam yo'nalishlari
  • Takroriy suitsidal urinishlarning oldini olish va bemorlarni uzoq muddat kuzatib borish
  • Suitsidal xulq-atvorning oldini olishda oila, ta'lim muassasalari va mahalliy hamjamiyatlarning o'rni
  • Raqamli muhit, ijtimoiy tarmoqlar va media kontentining suitsidal xavfga ta'siri
  • Suitsid profilaktikasi xizmatlarini tashkil etish bo'yicha xalqaro tajriba va mintaqaviy amaliyotlar

  • Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida jamoat ruhiy salomatligi
  • Ruhiy buzilishlarning oldini olishga qaratilgan populyatsion strategiyalar
  • Hamjamiyatlarning ruhiy farovonligi, rezilyentligi va ijtimoiy kapitali
  • Jamoat ruhiy salomatligi xizmatlarini tashkil etish: xalqaro tajriba va milliy modellar
  • Aholining zaif guruhlari ruhiy salomatligi va ijtimoiy inklyuziya masalalari
  • Stigma va diskriminatsiya: ularga qarshi zamonaviy strategiyalar
  • Jamoat ruhiy salomatligi sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish va fanlararo hamkorlik
  • Jamoat ruhiy salomatligini rivojlantirishda innovatsiyalar, raqamli sog'liqni saqlash va sun'iy intellekt

  • Ruhiy salomatlik sohasidagi davlat siyosati va idoralararo boshqaruv
  • Ruhiy va addiktiv buzilishlarning oldini olishning integratsiyalashgan modellari
  • Profilaktika dasturlarini amalga oshirishda sektorlararo hamkorlik: sog'liqni saqlash, ta'lim, ijtimoiy himoya va nodavlat notijorat tashkilotlari
  • Yuqori xavf guruhlariga yordam ko'rsatishda xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish
  • Ruhiy salomatlik sohasidagi idoralararo hamkorlikning normativ-huquqiy jihatlari
  • Bemorlarning yagona yo'nalishlari hamda profilaktik va davolash yordamining uzluksizligi
  • Idoralararo hamkorlikning raqamli transformatsiyasi: ma'lumot almashinuvi, telemeditsina va tahliliy tizimlar
  • Idoralararo profilaktika dasturlari samaradorligini va natijadorlik ko'rsatkichlarini baholash

  • Profilaktik psixiatriya va narkologiyaning raqamli transformatsiyasi: yangi imkoniyatlar va muammolar
  • Ruhiy va addiktiv buzilishlarni prognozlashda sun'iy intellekt va mashinali o'qitish
  • Raqamli ma'lumotlar va aniq tibbiyot texnologiyalariga asoslangan shaxsiylashtirilgan profilaktika
  • Profilaktika va erta aralashuvda raqamli terapevtik texnologiyalar (Digital Therapeutics, DTx)
  • Psixiatriya va narkologiyada klinik qarorlarni qo'llab-quvvatlovchi intellektual tizimlar
  • Sun'iy intellektni birlamchi tibbiy-sanitariya yordami va jamoat salomatligiga integratsiya qilish
  • Kiberxavfsizlik, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish va raqamli tibbiy texnologiyalarga ishonch masalalari
  • Profilaktik psixiatriyaning kelajagi: raqamli ekotizimlar, generativ sun'iy intellekt va xalqaro hamkorlik

  • Psixotik buzilishlar va shizofreniya patogenezi haqidagi zamonaviy qarashlar
  • Psixozlarda biomarkerlar, neyrovizualizatsiya va genetik tadqiqotlar
  • Birinchi psixotik epizodda erta aralashuv dasturlari
  • Shaxsiylashtirilgan terapiya va davolashga rezistent shizofreniya: zamonaviy davolash strategiyalari
  • Negativ simptomlar va kognitiv tanqislik: yangi terapevtik yondashuvlar
  • Reabilitatsiya, tiklanish va tiklanishga yo'naltirilgan psixiatrik yordam modellari
  • Qaytalanishning oldini olish va davolanishga rioya qilishni yaxshilash
  • Psixotik buzilishlari bo'lgan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yordamni tashkil etish: xalqaro tajriba va milliy modellar

  • Psixiatriya va narkologiya ta'limini rivojlantirishning strategik yo'nalishlari
  • XXI asr mutaxassisi kompetensiyalari: klinik, tadqiqot, kommunikativ va raqamli ko'nikmalar
  • Psixiatr va narkologlarni tayyorlashda sun'iy intellekt hamda raqamli ta'lim texnologiyalari
  • Tibbiy ta'limda o'qituvchilik salohiyati va yetakchilikni rivojlantirish
  • Profilaktik psixiatriya, narkologiya va jamoat ruhiy salomatligi uchun kadrlar tayyorlash
  • Xalqaro hamkorlik, akademik mobillik va qo'shma ta'lim dasturlari

  • Jamoat sog'liqni saqlash tizimida ruhiy salomatlik iqtisodiyoti
  • Ruhiy va addiktiv buzilishlarning ijtimoiy-iqtisodiy yukini kamaytirish vositasi sifatida profilaktikaga investitsiya
  • Psixiatriya va narkologiyada iqtisodiy baholash usullari: cost-effectiveness, cost–utility va cost–benefit tahlillari
  • Profilaktika dasturlarini moliyalashtirishning barqaror modellarini shakllantirish
  • Erta aralashuv va ruhiy buzilishlar profilaktikasi iqtisodiyoti
  • Ruhiy salomatlik va mehnat unumdorligi: inson kapitali va iqtisodiy o'sishga ta'siri
  • Ruhiy salomatlikka sektorlararo investitsiyalar: sog'liqni saqlash, ta'lim, ijtimoiy himoya va mehnat bozori
  • Ruhiy salomatlikni mustahkamlash dasturlarini moliyalashtirish bo'yicha davlat siyosati va xalqaro tajriba

  • Affektiv buzilishlarning zamonaviy konsepsiyasi: klinik fenotiplardan shaxsiylashtirilgan psixiatriyagacha
  • Depressiv buzilishlar: tashxis va terapiyaga yangi yondashuvlar
  • Bipolyar affektiv buzilish: zamonaviy tashxis mezonlari va davolash strategiyalari
  • Davolashga rezistent depressiya: sabablar, prediktorlar va zamonaviy terapevtik strategiyalar
  • Hayotning turli davrlarida affektiv buzilishlar: bolalar, o'smirlar, kattalar va keksa yoshdagilar
  • Depressiya va bipolyar buzilishning zamonaviy psixofarmakoterapiyasi
  • Affektiv buzilishlarni nomedikamentoz davolash usullari: psixoterapiya, neyromodulyatsiya va raqamli texnologiyalar
  • Affektiv buzilishlarda terapiya samaradorligining biomarkerlari va prediktorlari
  • Nevrotik, stress bilan bog'liq va somatoform buzilishlar

  • Ruhiy buzilishlar neyrobiologiyasi: zamonaviy modellar va konsepsiyalar
  • Psixiatriyada neyrovizualizatsiya va neyron tarmoqlar
  • Neyroplastiklik va tiklanish mexanizmlari
  • Genetika, epigenetika va farmakogenomika
  • Neyroimmunologiya va yallig'lanish mexanizmlari
  • Biomarkerlar va shaxsiylashtirilgan psixiatriya
  • Innovatsion psixofarmakoterapiya va yangi terapevtik nishonlar
  • Neyromodulyatsiya: EKT, TMS va istiqbolli texnologiyalar
  • Psixiatriyada sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalar

  • Bolalar va o'smirlar ruhiy salomatligi: erta aniqlashdan profilaktikagacha
  • Perinatal va ayollar psixiatriyasi: zamonaviy yondashuvlar
  • Geriatrik psixiatriya va neyrokognitiv buzilishlar
  • Psixosomatik tibbiyot va psixiatriyaning somatik tibbiyot bilan integratsiyasi
  • Kardiopsixiatriya, onkopsixiatriya va konsultativ-bog'lovchi psixiatriyaning boshqa yo'nalishlari
  • Aholining ijtimoiy zaif guruhlari ruhiy salomatligi
  • Inqirozlar, falokatlar va favqulodda vaziyatlarda psixiatrik yordam
  • Tibbiyot xodimlarining ruhiy salomatligi va kasbiy kuyishning oldini olish

  • Inson huquqlari zamonaviy psixiatrik yordamning asosi sifatida
  • Ixtiyorsiz yordam: xavfsizlik va bemor huquqlari o'rtasidagi muvozanat
  • Raqamli va shaxsiylashtirilgan psixiatriyaning etik muammolari
  • Shoshilinch psixiatriya: suitsidal, agressiv va jinoiy xatti-harakat xavfini baholash
  • Favqulodda vaziyatlar va gumanitar inqirozlarda psixiatrik yordam
  • Zamonaviy sud-psixiatrik ekspertiza
  • Aqli rasolikni va sud jarayonida ishtirok eta olish qobiliyatini baholash
  • Xavfli xulq-atvor xavfini baholash va takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish
  • Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari: klinik va huquqiy jihatlar
  • Zamonaviy psixiatriyada etika, huquq va idoralararo hamkorlik

Butunjahon psixiatriya assotsiatsiyasining Mintaqaviy kongressiga qo‘shiling!

Butunjahon psixiatriya assotsiatsiyasining (WPA) Mintaqaviy kongressi tashkilotingizni psixiatriya va ruhiy salomatlik sohasidagi xalqaro kasbiy hamjamiyatga tanishtirish imkoniyatidir. Kongress 30 dan ortiq mamlakatdan 700 dan ortiq psixiatr, ruhiy salomatlik sohasi mutaxassislari, tadqiqotchilar, tartibga soluvchi organlar vakillari va tibbiyot tashkilotlari rahbarlarini, jumladan, xalqaro miqyosdagi hamda mintaqadan kelgan 100 dan ortiq ma’ruzachini birlashtiradi.

Roʻyxatdan oʻtishga ulguring

Siz uchun muhim bo‘lgan mutaxassislar jam bo‘ladigan davrada bo‘ling

Kongress doirasida Yevrosiyo mintaqasi va boshqa mamlakatlarning yetakchi psixiatrlari, ruhiy salomatlik sohasi mutaxassislari, tadqiqotchilar, tibbiyot tashkilotlari rahbarlari va sog‘liqni saqlash organlari vakillari bilan uchrashishingiz mumkin. Bu klinik amaliyot, ilmiy tadqiqotlar va psixiatriya yordami tizimi rivojiga ta’sir ko‘rsatayotgan mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatidir.

Kasbiy hamjamiyatda brendingiz mavqeyini mustahkamlang

Kompaniyangizni mintaqada psixiatriya va ruhiy salomatlik sohasini rivojlantirishning faol ishtirokchisi sifatida namoyon eting. Psixiatriya sohasidagi muhim xalqaro tadbirlardan birida ishtirok etish brendingizning yetakchi mutaxassislar orasida tanilishini oshirish, kasbiy bilim va tajribangizni namoyish etish hamda ilm-fan rivoji va tibbiy yordam sifatini yaxshilashga sodiqligingizni ko‘rsatish imkonini beradi.

Ekspertlar hamjamiyati bilan muloqotga qo‘shiling

Psixiatriya sohasidagi yetakchi mutaxassislar va tan olingan ekspertlar bilan bevosita muloqot qilish, tajriba almashish va soha rivojining asosiy yo‘nalishlarini yaxshiroq anglash imkoniyatidan foydalaning. Kongress ilmiy va ishbilarmonlik dasturi doirasida davra suhbatlarida ishtirok etish, simpoziumlar va taqdimotlar o‘tkazish, shuningdek, norasmiy uchrashuvlarda kasbiy muloqot qilish uchun sharoit yaratadi.

Bilim va tajribangizni namoyish etish uchun yangi imkoniyatlarni oching

Ko‘rgazma ekspozitsiyasi, taqdimotlar, hamkorlikdagi simpoziumlar va boshqa ishtirok shakllari yechimlaringizga e’tibor jalb etish hamda ularning amaliy ahamiyatini namoyish qilishga yordam beradi. Kongress o‘z imkoniyatlaringiz haqida ma’lumot berish bilan birga, bevosita soha vakillarining kasbiy fikr-mulohazalarini olish uchun ham maydon bo‘ladi.

Mintaqada psixiatriya rivojiga hissa qo‘shing

Kasbiy hamjamiyat rivojini qo‘llab-quvvatlang va ayni paytda tashkilotingiz mavqeyini mustahkamlang. Kongress bilan hamkorlik tashkilotingizning psixiatriya, kasbiy ta’lim va xalqaro bilim almashinuvini rivojlantirish, shuningdek, tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy yondashuvlarini joriy etishda ishtirok etishga tayyorligini namoyon etadi.

Kongressdagi ishtirokingiz samarasini davom ettiring

Tanlangan hamkorlik paketiga qarab, tashkilotingiz Kongressdan oldin, tadbir davomida va undan keyin uning axborot materiallari, marketing materiallari va axborot kanallarida namoyon bo‘lish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Bu auditoriya qamrovini kengaytirish, ishtirokingiz samarasini oshirish va brendingizni kasbiy hamjamiyatning axborot maydonida uzoqroq vaqt davomida tanitish imkonini beradi.

Maqsadlaringizga mos ishtirok shaklini tanlang

Maqsad va ustuvorliklaringizga mos ishtirok shaklini tanlang: brendni targ‘ib qilish va ko‘rgazmada qatnashishdan tortib taqdimotlar, ekspert sessiyalari va mutaxassislar bilan bevosita muloqotgacha. Maqsadlaringizni biz bilan o‘rtoqlashing. Biz tashkilotingizni samarali tanishtirish, kasbiy aloqalarni mustahkamlash va Kongressdagi ishtirokdan imkon qadar ko‘proq foyda olishga yordam beradigan ishtirok shaklini ishlab chiqishda sizga ko‘maklashamiz.

Mintaqada psixiatriya va ruhiy salomatlik kelajagini shakllantirib

Kongress bilan hamkorlik brendingizning tanilishini oshirish, o‘z bilim va tajribangiz hamda yechimlaringizni namoyish etish, yangi kasbiy aloqalar o‘rnatish va psixiatriya hamda ruhiy salomatlikni muhofaza qilish tizimining kelajagini shakllantirayotgan ekspertlar bilan bevosita muloqot qilish imkonini beradi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddatlari

Ro‘yxatdan o‘tishning ochilishi

Ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 20-sentabrdan kechiktirmay barcha ishtirokchilar uchun ochiladi; sayt 2026-yil 15-sentabrgacha texnik jihatdan ishga tushiriladi.

Erta ro‘yxatdan o‘tish

2027-yil 30-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 gacha.

Kech ro‘yxatdan o‘tish

2027-yil 1-maydan 31-maygacha, shu kunlar ham kiradi.

Yakuniy ro‘yxatdan o‘tish.

2027-yil 1-iyundan boshlanadi; onlayn ro‘yxatdan o‘tish 22-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da yopiladi, tadbir joyida ro‘yxatdan o‘tish esa 24-27-iyun kunlari amalga oshiriladi.

Qabul qilingan tezislar mualliflari

Bildirishnoma 2027-yil 15-apreldan kechiktirmay yuboriladi; erta tarif 2027-yil 30-aprelgacha amal qiladi.

O'zbekistondagi WPA Mintaqaviy kongressida ishtirok etish uchun 5 sabab

Zamonaviy psixiatriyaning eng ilg‘or yo‘nalishlaridan xabardor bo‘ling

Zamonaviy psixiatriya amaliyotini shakllantirayotgan eng so‘nggi yutuqlar bilan tanishing: tashxis qo‘yish va davolashdagi yangiliklardan tortib psixofarmakologiya, neyrofanlar hamda shaxsga moslashtirilgan psixiatriya yordami bo‘yicha yangi ilmiy dalillargacha. Yetakchi ekspertlardan yangi tadqiqot natijalari, rivojlanib borayotgan klinik yondashuvlar va psixiatriyaning kelgusi yo‘nalishlari haqida eshiting.

Ruhiy salomatlik va psixiatriya amaliyotining barcha yo‘nalishlari bilan tanishing

Psixiatrlar kundalik amaliyotida duch keladigan ruhiy buzilishlar va klinik muammolarning keng doirasiga bag‘ishlangan keng qamrovli dasturda ishtirok eting. Kayfiyat buzilishlari, xavotirli va psixotik buzilishlardan tortib bolalar va o‘smirlar psixiatriyasi, keksa yoshdagilar psixiatriyasi, psixoaktiv moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq buzilishlar va qaramliklar, neyropsixiatriya hamda boshqa ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlargacha - Kongress sohaning turli jabhalari bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkonini beradi.

Ilmiy dalillarni klinik amaliyotga tatbiq eting

Yangi tadqiqotlar klinik qarorlarni qabul qilishga qanday yordam berishini bilib oling. Sessiyalarda amaldagi ilmiy dalillar, davolash strategiyalari, klinik yondashuvlar va real amaliy tajriba ko‘rib chiqiladi. Bu psixiatrlarga yangi bilimlarni bemorlarga yordam ko‘rsatishda qanday qo‘llash va davolash natijalarini yaxshilash mumkinligini baholashga yordam beradi.

Xalqaro va mintaqaviy ekspertlardan o‘rganing

O‘zbekiston, Yevrosiyo va dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yetakchi psixiatrlar hamda ruhiy salomatlik sohasi ekspertlarining turli klinik qarashlari bilan tanishing. Turli sog‘liqni saqlash tizimlarida tashxis qo‘yish, davolash va xizmatlar ko‘rsatish yondashuvlarini taqqoslang, umumiy klinik muammolarni muhokama qiling hamda turli sharoitlarda faoliyat yuritayotgan hamkasblar bilan tajriba almashing.

Psixiatriya kelajagini birgalikda shakllantiring

Psixiatriya qaysi yo‘nalishda rivojlanayotgani va kelgusi yillarda kasb oldida qanday muammolar turgani haqidagi munozaralarda ishtirok eting. Neyrofanlar va raqamli psixiatriyadagi yutuqlarni, ruhiy buzilishlar haqidagi qarashlarning o‘zgarishini, yangi terapevtik yondashuvlarni, psixoaktiv moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq buzilishlar va qaramliklarni, profilaktika va erta aralashuvni, shuningdek zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimida psixiatrlar rolining o‘zgarishini muhokama qiling.

Yangiliklardan boxabar boʻling

Kongressning barcha yangiliklaridan boxabar boʻlish uchun xabarnomamizga obuna boʻling