Kongress haqida
Butunjahon psixiatriya assotsiatsiyasining mintaqaviy kongressi
2027-yil 24–27-iyun
Toshkent, O'zbekiston
«Ruhiy va narkologik buzilishlarning oldini olish: global yondashuvlar va mintaqaviy yechimlar»
Butunjahon psixiatriya assotsiatsiyasi (WPA) va O'zbekiston psixiatrlari assotsiatsiyasi ruhiy salomatlik sohasi mutaxassislarini 2027-yilning 24–27-iyun kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan WPA Hududiy kongressida ishtirok etishga taklif etadi.
Kongress ruhiy va narkologik kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va aralashuv choralarini ko'rish, shuningdek, ilmiy asoslangan yondashuvlarni muayyan mamlakat hamda mintaqalar ehtiyojlariga moslashtirish masalalariga bag'ishlangan.
Ishtirokchilar ruhiy salomatlikni muhofaza qilish tizimini rivojlantirish yo'lida xalqaro tajriba, klinik amaliyot va mahalliy tashabbuslarni qanday birlashtirish mumkinligini muhokama qiladilar.
Ilmiy dastur
Asosiy yo'nalishlar qatoridan ruhiy kasalliklar va qaramliklarning oldini olish; bolalar va o'smirlar ruhiy salomatligi; suitsidal xulq-atvor profilaktikasi; psixotik va affektiv buzilishlar; biologik psixiatriya hamda ruhiy va narkologik kasalliklarni davolashning zamonaviy usullari; shuningdek, bemorlarga yordam ko'rsatish tizimini modernizatsiya qilish, oila va jamiyatning roli o'rin olgan.
Raqamli yechimlar va sun'iy intellekt, idoralararo hamkorlik, mutaxassislar tayyorlash, etika va inson huquqlari, shuningdek, ruhiy kasalliklar iqtisodiyoti va profilaktikasi masalalariga alohida e'tibor qaratilishi rejalashtirilgan.
Dastur doirasida yalpi majlislar, tematik simpoziumlar, ma'ruzalar, master-klasslar, poster sessiyalari hamda yetakchi xalqaro ekspertlar va jahon psixiatriyasining taniqli namoyandalari ishtirokidagi panel muzokaralari ko'zda tutilgan. Kongress tadqiqotlarni taqdim etish, klinik tajriba almashish va xalqaro professional hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay maydon bo'lib xizmat qiladi.
Ishtirok etish uchun psixiatrlar, narkologlar, tadqiqotchilar, o'qituvchilar, yosh mutaxassislar va ruhiy salomatlik sohasining boshqa ekspertlari taklif etiladi. Kongressning ishchi tillari — rus, ingliz va o'zbek tillaridir.